ORYN belgisi

Asosiy xizmatlarimiz

Strategiya va brenddan saytlar yaratish, mahsulotlarni ishga tushirish, jarayonlarni yo‘lga qo‘yish va avtomatlashtirishgacha.

StrategiyaKontentReklama

Marketing va GTM

Biznes maqsadlariga mos marketing strategiyasini ishlab chiqamiz, bozorga chiqishga yordam beramiz, kontent yaratamiz va reklama kampaniyalarini ishga tushiramiz.

LogotipUslubAnimatsiya

Brending

Brendning bozordagi o‘rnini belgilaymiz, vizual uslubini yaratamiz va undan foydalanish qoidalarini ishlab chiqamiz.

UX / UIVeb-saytlarMahsulotlar

web va digital

Raqamli mahsulotlar yaratamiz: ularning qanday ishlashini rejalashtiramiz, dizaynini ishlab chiqamiz, kod yozamiz, integratsiyalarni sozlaymiz va jarayonlarni avtomatlashtiramiz.

AI qidiruviAvtomatlashtirish

AI yechimlari

Brendning AI assistentlari javoblarida ko‘proq tilga olinishiga yordam beramiz va jamoaning takrorlanadigan vazifalarini avtomatlashtiramiz.

ORYN tashkil etilishidan oldin shu kompaniyalarda ishlaganmiz.

ORYNga asos bo‘lgan
tajriba.

ORYN Kreatorlar uchun

Kreatorlarga o‘z auditoriyasi uchun mahsulot yaratish va uni bozorga olib chiqishda yordam beramiz.

Mahsulotni birga yarataylik
Vintage televizor ekranlaridagi kreatorlar

Shaxsiy brend

Sizni ajratib turadigan jihatlarni aniqlaymiz, uslubingiz va auditoriyangizga mos kontent yaratamiz.

Mahsulot yaratish

G‘oyani aniqlashtirib, mahsulotning shakli, dizayni va biznes modelini ishlab chiqamiz.

Bozorga chiqish

Mahsulotni ishga tushirish, sotuv kanallari va ilk reklama kampaniyalarini birgalikda rejalashtiramiz.

Savollarga javoblar

01Kimlar bilan ishlaysiz?

Bizneslar, yangi loyihalar va kreatorlar bilan ishlaymiz. Brend yaratish, saytni yangilash yoki yangi mahsulotni ishga tushirishda yordam beramiz.

02Loyihaning faqat bir qismini bajara olasizmi?

Ha. Brending, veb-sayt, kontent yoki avtomatlashtirishni alohida loyiha sifatida amalga oshirishimiz mumkin.

03Hali mahsulot g‘oyam bo‘lmasa-chi?

Avval maqsadingiz, tajribangiz va auditoriyangiz ehtiyojlarini o‘rganamiz. Shundan kelib chiqib, mahsulot g‘oyalarini birga ko‘rib chiqamiz.

04ORYN For Creators nima?

Bu kreatorlar bilan shaxsiy brend, kontent va mahsulot ustida ishlaydigan yo‘nalishimiz. G‘oyadan bozorga chiqishgacha bo‘lgan bosqichlarda yordam beramiz.

05Narx va muddat qanday belgilanadi?

Narx va muddat ish hajmi, vazifalar va loyihaning murakkabligiga bog‘liq. Ularni ish boshlashdan oldin siz bilan kelishib olamiz.

06Hamkorlikni qanday boshlaymiz?

Bizga email orqali yozing: loyihangiz, maqsadingiz va qanday yordam kerakligini qisqacha aytib bering. Mavjud materiallar va havolalarni ham yuborishingiz mumkin.

Yangi loyihani birga boshlaylik.

G‘oyangiz haqida yozing. Unga mos strategiya, dizayn va texnologiyani birga tanlaymiz.